Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

15—16-aprel kunlari Rossiyaning Sochi shahrida “Atomekspo-2019” forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda 74 dan ortiq mamlakatlar delegatsiyasi ishtirok etdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Foto: World Nuclear News

Foto: World Nuclear News

Joriy yilda forum doirasida imzolangan shartnoma va kelishuvlar soni ortdi. Ikki kun davom etgan forum chog‘ida 40 dan ortiq hujjat imzolash marosimi tashkil etildi.

Forum sessiyalarida 650 dan ortiq kompaniyalar, 4000 dan  delegat va mehmonlar ishtirok etdi.

Forum ishini dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 290 dan ortiq OAV vakillari yoritdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi forumda ikkinchi marta ishtirok etdi. Forum davomida O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha direksiya direktori Otabek Omonov jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

“Bizning direksiyamiz Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etilgan. Hozirgi kunda direksiyamizda shtatlarni kengaytirish, mutaxassislarni tayyorlash va ularni ishga olish kabi jarayonlar ketmoqda.

Hozirda biz ‘Rosatom’ mutaxassislari bilan muzokaralar olib borib, muzokaralar natijasida injenering, kerakli mutaxassislar tayyorlash, kerakli konstruktiv qarorlarni qabul qilishni rejalashtirganmiz. ‘Atomekspo-2019’ forumi bizga bu borada yordam berdi. O‘zbekiston delegatsiya ushbu forumda faol ishtirok etdi. Bir necha xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashib, O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldik.

Biz hozirda AES qurilishi direksiyasiga xorijlik mutaxassislarni jalb etishda davom etmoqdamiz. Xususan, Rossiya va Belarus kabi mamlakatlardan mutaxassislarni ishga oldik”, — deydi O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha direksiya direktori Otabek Omonov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sanksiyalar fonida Turkiyaning Rossiyaga eksporti yangi rekord darajaga ko‘tarildi
Dunyo
Mark Sukerberg qanday qilib eng boy amerikaliklar o‘nligini tark etdi?
Sport
“Milan” klubi futbolchilariga BMW avtomobillari topshirildi (foto)