Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyalik Jeymi Ebbot Italiyadagi villasini sotish bo‘yicha urinishlari ish bermagach, uni lotereyada o‘ynashga qaror qildi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

Uch qavatli uy Italiyaning Abrusso hududidagi Karapelle-Kalvizioda, Gran-Sasso milliy bog‘i yonida joylashgan. Dang‘illama uy eskicha uslubda bezatilgan. Unda uchta yotoqxona, ikkita vannaxona va hovlisida terrasa bor.

Uyning bozor narxi 250 ming yevro, ammo uni 59 yevrolik lotereya xarid qilib yutib olish ham mumkin. Yutib olgan shaxs uydan tashqari Yevropaning istalgan burchagidan kelish uchun samolyot xarajatlari ham to‘lanadi. Barcha notarial xarajatlarni Jeymi Ebbot o‘z bo‘yniga olgan.

Ikkinchi g‘olib 11 770 yevro oladi, yana besh kishiga bir savat oziq-ovqat va Abrusso vinosi beriladi.

Britaniyalik umumiy hisobda olti mingta bilet chiqargan. Ularning barchasi sotilib ketgan. G‘olib oktabr oyi oxirida aniqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Professional asarlardan tortib oddiy qoʻl telefonida olingan suratlargacha — fotorassomlarning hisobot koʻrgazmasiga fototashrif
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Dunyo
Daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi