Rossiya Mudofaa vazirligi Tojikistonga beg‘araz taqdim etilgan 9 million dollar qiymatga teng bo‘lgan havo hujumiga qarshi mudofaa uskunalarini taqdim etganini e’lon qildi, deya yozadi “Gazeta.ru”.
“Rossiya va Tojikiston o‘rtasida imzolangan shartnomalarga muvofiq, Rossiya harbiy uskunalarini Tojikistonga beg‘araz yetkazib berish davom etmoqda,” — deydi Mudofaa vazirligi.
Xabarda aytilishicha, Tojikistonga havodagi obyektlarni aniqlash va kuzatish uchun radiolokatsion stansiyalar o‘rnatilgan. Shuningdek, havo hujumiga qarshi mudofaa uskunalari bilan ham ta’minlagan.
Izoh (0)