• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Muz o‘rnidan siljidi: Poytaxtda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

    2019-yilning 8-fevral kuni, uzoq vaqt tanaffusdan so‘ng afsonaviy xokkey gulduros qarsaklar ostida o‘zbek sporti arenasiga kirib keldi. Shu kuni Ice City’ning muzli sahnasi eng jasoratli sport namoyondalari uchun o‘zining qorli bag‘rini ochdi.

    Yuzlab tomoshabinlar muhim bir voqeaning guvohi bo‘ldilar: Mustaqil O‘zbekiston tarixida xokkey bo‘yicha ilk chempionatga start berildi.

    Turnirning tantanali ochilish marosimida respublika aholisi va mehmonlari ishtirok etishdi.

    Muxlislar ushbu hodisaga mas’uliyat bilan yondashgan holda tashrif buyurishdi: aksariyat odamlar o‘zlari bilan musiqiy asboblar olib kelib, sevimli qo‘shiqlarini jonli ijro etishdi.

    “X kuni”ni nafaqat esda saqlab qolishni, balki fotosuratlarda ham muhrlashni istagan har bir kishi uchun Ice City’ning kirish qismida foto-hudud tashkil etildi.

    Eng sodiq muxlislar uchun esa ushbu sport turiga oid maxsus buyumlar do‘koni faoliyat olib bordi. Sevimli jamoaning ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alarini xarid qilgan muxlislar “Akvagrim” hududiga “tushib qolishadi” va u yerda har bir kishi o‘zlarining sevimli jamoalarining ramzini yuzlariga chizishlari mumkin edi.

    Ommaviy axborot vositalari xodimlarini uchun maxsus matbuot-hududi ajratilgan bo‘lib, jurnalistlar tadbir ishtirokchilari va hamkorlari bilan muloqot qilgan holda intervyu olishlari mumkin edi.

    Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov o‘zbek xokkeyining yangi davrini boshlab berdi.

    MOQ rahbari o‘zining nutqida bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qishki sport turlarini rivojlantirishga katta e’tibor berayotganini va mamlakatimizda xokkeyning yorqin kelajagiga qat’iy ishonch bildirayotganini ta’kidladi.

    Ochilish marosimining hayajonli daqiqalaridan so‘ng sahnada ko‘rgazmali namoyishlar bo‘lib o‘tdi, so‘ngra barcha ishtirokchi jamoalar muz maydoniga chiqib kelishdi. Muntazam chempionatning ilk o‘yinida to‘rtta xokkey jamoalari – “Toshkent” va “Binokor”, “Humo” va “Semurg‘” jamoalari g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Muz usti issiq edi. Tribunadagi atmosfera ham bo‘sh kelmasdi: muxlislar ham jon-jahdi bilan o‘yinni kuzatib borishardi, o‘zlarining sevimli jamoalarini baland ovozda hayqiriqlar va g‘alaba qarsaklari bilan qo‘llab-quvvatladilar.

    Hattoki, dastlab “chiroyli o‘yin uchun” jon kuydirishga kelgan muxlislar endilikda o‘zlarining sevimli jamoalarini tanlagan holda, ularni faol qo‘llab-quvvatladilar. Bunday qishki o‘yinga Toshkent uzoq yillar davomida guvoh bo‘lmagan edi.

    Rossiyalik taniqli mehmon, sakkiz karra jahon chempioni, afsonaviy xokkeychi Sergey Makarov ham poytaxt jamoalarining o‘yinini katta qiziqish bilan tomosha qildi. Turnir yakuniga yetganidan so‘ng esa Sergey o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

    - O‘zbekistonda xokkeyni qayta tiklash haqidagi yangilik meni juda xursand qildi va meni ochilish marosimida ishtirok etishga taklif etishganda, men bunday tarixiy voqeaning guvohi bo‘lishga bajonidil rozi bo‘ldim.

    O‘ylashimcha, 2019-yilning 8-fevral kuni mamlakatingizda bu qishki sport turining yangidan tashkil topishi tarixga kiradi. Biz iqlim sharoitlari sportning rivojiga to‘sqinlik qila olmaydigan zamonaviy dunyoda yashamoqdamiz. Shu sababdan yaxmalak maydonlarni barpo etib, ushbu sport turini ommalashtirish va bolalar uchun shart-sharoitlar yaratish lozim.

    O‘zbekistonda xokkey ildam qadamlar bilan rivojlanadi va tez orada O‘zbekistonning terma jamoalari Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyurishiga ishonchim komil va butun dunyo o‘zbekistonlik xokkey yulduzlari nomlarini yoritadi.

    Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ilk o‘yini “Toshkent” XJ “Bunyodkor” jamoasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mutlaq g‘alabasi bilan yakun topdi.

    Ikkinchi o‘yin ham qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi va “Semurg‘” jamoasi “Humo” jamoasini 5:4 hisobida mag‘lub etdi.

    Hakamlik xalqaro toifadagi hakamlarning qatiy nazorati ostida amalga oshirildi, shu sabab ham ikkala o‘yin adolatli va shaffof tarzda bo‘lib o‘tdi.

    Ikki oy davom etadigan chempionat doirasida jami 24 ta uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, so‘nggi o‘yin 17-mart kuni o‘tkaziladi.

    20-martdan boshlab uchta g‘alabagacha o‘tkaziladigan ikki bosqichli play-off bosqichi boshlanadi. Barcha o‘yinlar O‘zbekistondagi barcha xalqaro me’yorlarga javob beradigan birinchi va yagona Ice City’ning muzli sahanasida bo‘lib o‘tadi.

    Xulosa o‘rnida shuni ishonch bilan aytish mumkinki, o‘yin boshlandi, ammo bu boshlanishi. O‘zbekiston xokkey federatsiyasi shunday sur’atda ketmoqchi va mazkur sport turi geografiyasini kengaytirish va poytaxtdan tashqarida chekka hududlarda ham ommalashtirishni maqsad qilib olgan.

    Kelajakka nazar soladigan bo‘lsak, Federatsiyaning rejasida 2020-yilda besh xil toifadagi jamoalar klubi o‘rtasida shaybali xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini o‘tkazilishi boshlanishini sezish mumkin.

    Reklama huquqi asosida.

    14.02.2019, 09:00   Izoh (0)   36974
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Akfa yuqori texnologiyalari: xonadoningizga yanada ko‘proq issiqlik!

    13.02.2019, 09:00

    Sochsiz bosh – yurak uchun og‘ir tosh

    12.02.2019, 15:08

    Genesys Sultania va Jangokh turar joy majmualaridagi xonadonlar uchun 8-mart munosabati bilan chegirma e’lon qildi!

    12.02.2019, 09:00

    “O‘zbekenergo” AJ: Yunusobodda sinov tariqasida yangi tizim yo‘lga qo‘yildi

    11.02.2019, 18:00

    New NOBLE – yugurish yo‘lakchasi trenajyorini xarid qiling va biz uni uyingizgacha BЕPUL yetkazib beramiz! Ozishni bugundan boshlang!

    11.02.2019, 12:00

    Huawei kompaniyasi 5G tarmoq stansiyalariga mo‘ljallangan jahondagi birinchi protsessorni taqdim qildi

    09.02.2019, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.