Yaqinda olimlarning xalqaro guruhi Avstraliyaning sharqiy qirg‘og‘idagi suvlarda biologik xilma-xillik bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi, deya xabar beradi “TravelAsk”.
Tadqiq etilgan hudud 4000-6000 metr chuqurlikda joylashgan. Ushbu hudud doimiy zulmatda bo‘lib, bu yerda suvning harorati 2-3 gradus Selsiyni tashkil qiladi, ozuqa quvvati cheklangan.
Mazkur tubsizlik dunyo okeanlari va Avstraliyaning uchdan bir qismini qamrab olgan sayyoramizdagi eng katta va eng chuqur joydir, biroq u Yerning o‘rganilmagan qismi bo‘lib qolmoqda ", — deydi Viktoriya Muzeyining katta rahbari O-Hara.
Olimlar ikki smenaga (2:00-14:00, 14:00-2:00) bo‘linib, uzluksiz 5000 metr chuqurlikka uskunalarni tushirgan. Ular kemaga 100 dan ortiq turdagi jonivorlarni olib chiqqan. Ulardan beshtasi avval hech qachon kashf qilinmagan!
Mazkur jarayonda qo‘rqinchli mavjudotlarni suratga olish ishlari va tahlillarni o‘z ichiga olgan. Ixtiolog Jon Pogonooskining aytishicha, ularning namunalarini qayta ishlash uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Uning fikricha, bunday “sayohat”lar shubhasiz, dengiz haqida tushunchani yaxshilaydi.
Qizil tikonli krab
Izoh (0)