Jasur Aripov Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Podrobno.uz”

U Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari ham hisoblanadi.

Jasur Aripov 2018-yil fevralidan beri Davlat bojxona qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bundan oldin MIB direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.