Kecha, 10-yanvar kuni qator xorijiy internet nashrlarda O‘zbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida 100 ming so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqidagi xabarlar chop etildi. “Daryo” Markaziy bank matbuot xizmati bilan bog‘lanib, ushbu ma’lumotga oydinlik kiritdi.

Foto: Rambler

Markaziy bank matbuot xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi banknotlarning chiqarilishi bo‘yicha texnik tayyorgarlik boshlangan. Biroq, banknota muomalaga chiqishi bo‘yicha aniq sana belgilanmagan.