Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi hamda Samarqand “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy markazi bilan hamkorlikda “Amir Temurning hayoti va ijodi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Unda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik U.Do‘smatov, Samarqand Davlat universteti tarix fanlari kafedrasi boshlig‘i Tohir Hamidov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bosh mutaxassisi Zuhrobegim Eshonqulova,  50 nafar harbiy xizmatchilar, 40 nafar 64-maktab internati tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Sohibqiron Amir Temurning hayoti va ijodi, davlat boshqaruv san’ati hamda “Temur tuzuklari”ni yana bir bor mazmun-mohiyatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir yakunida 84 118 harbiy qism harbiy xizmatchilari 2018-yil noyabr va dekabr oylarida Samarqand “Kitob olami”da eng ko‘p kitob o‘qigan va eng ko‘p kitob xarid qilgan deb topilib, harbiy qismga Samsung kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi