• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda gaz “zapravka”laridagi narxlar qonuniy oshirilganmi? Ularni kim nazorat qiladi?

    “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov Andijon viloyatidagi o‘nlab gaz quyish shoxobchalarida bo‘lib, u yerlardagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi va haydovchi yurtdoshlarimiz bilan suhbatda bo‘ldi.

    Barchamizga ma’lumki, salkam bir oy mobaynida vodiy viloyatlarida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridagi turnaqator navbatlar ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida bo‘ldi. Bu holat aholining ham keskin noroziliklarini paydo qilib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida bahs-munozaralarni yuzaga keltirdi. Dekabr oyining oxirgi lahzalarida “O‘ztransgaz” AJ raisi Bahodir Eshmuratovning 2019-yildan boshlab Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyati iste’molchilarini bir maromda va yuqori bosimda tabiiy gaz bilan ta’minlash jarayoni boshlanishi to‘g‘risidagi xabari esa vodiyliklarni behad quvontirib yubordi. Ayni paytda uchala hudud fuqarolari bilan suhbatlashsangiz, tabiiy gaz bosimi sezilarli darajada ko‘tarilganini mamnuniyat ila ta’kidlashi shubhasiz. Kechadan boshlab gaz “zapravka”larida ham bosimning ko‘tarilgani, uzundan-uzun navbatlarga barham berilgani hamda ularning uzluksiz faoliyat yuritayotgani kishini yanada shodlantiradi. Ammo metan gaz bosimi bilan birga uning narxini ham 300—400 so‘mga oshirilgani har bir avtoulov egasining g‘azabini chiqarib, yanada hayratga solmoqda. Bu esa yo‘l kira haqining ham oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, yana oddiy xalqning cho‘ntagi ziyon ko‘rmoqda.

    Biz Andijon viloyatidagi bir qancha gaz “zapravka”larida bo‘lib, metan gazning narxi qanday omillar tufayli yuqorilaganiga javob topishga harakat qildik. Shuningdek, haydovchilarning ham fikr-mulohazalariga quloq tutdik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Birinchi manzilimiz Andijon shahrida joylashgan “gulchili” nomi bilan mashhur “zapravka” bo‘ldi. Shoxobcha hisobchisi (ismini aytishni istamadi) muloqotimiz davomida, bu yerda gaz joriy yilning 1-yanvaridan QQS sababli 2200 so‘mdan sotilayotganini ta’kidladi. Mazkur gaz “zapravka”sidan Damas avtomashinasiga yonilg‘i quyib chiqayotgan Sherzod ismli kirakashni suhbatga chorladik.

    “Gaz narxi oxirgi marta noyabr oyida ko‘tarilgandi. Ammo o‘shanda ham 200 so‘mga oshgandi. Bu safar 1900 so‘mdan 2200 so‘mga keskin yuqorilaganiga tushunmay qoldik. Ayrim “zaprakva”lardagi narxlar 2000 so‘m atrofida. Lekin narxni 300 so‘mga oshirib olganlar soni juda ko‘p. Ular nimalarga asoslanib, bunday ish tutishlari bizga ham qiziq tuyuladi”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shundan so‘ng shaharning “Kamolot” ko‘chasidagi “jevachi” “zapvarkasi” tomon yo‘l oldik. Bu yerda ham narx o‘sha – 2200 so‘m. Afsuski, shoxobcha ish boshqaruvchisi qo‘ng‘iroqlarimizga javob bermay, go‘shakni ko‘tarmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Andijonlik haydovchilarga yaxshi tanish bo‘lgan “bo‘ston” yonilg‘i quyish shoxobchasi operatori Otabek Ibragimovning fikrlarini eshita turib, avvaliga uning so‘zlariga ishongimiz kelmadi. Ammo bu rost ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Odatda bizda gaz narxi boshqa “zapravka”larga nisbatan 100 yoki 150 so‘m arzon bo‘ladi. Ayni paytdagi narx 1850 so‘m. Ko‘rib turganingizdek shu bois mashinalar navbati uzun”.

    O.Ibragimov bilan suhbatlashgach, mazkur shoxobchada mashinasiga gaz to‘ldirayotgan haydovchilarga turli savollar berdik. Ular haqiqatdan bu yerda narx hamisha arzon bo‘lishligini aytishdi. Hatto ayrim yurtdoshlarimiz boshqa “zapravka”lardagi narx 2200 so‘mga chiqqanidan bexabar ekanligini ishonqiramay ta’kidlashdi. Negaki ular ushbu shoxobchaning doimiy mijozi ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Andijon shahridagi “80 metr” deya nomlanuvchi manzilimizdagi gazning narxi 2100 so‘m ekan.

    Surishtiruvimiz davomida metan gaz narxi viloyatning deyarli barcha tuman hamda shaharlarida ham 2200 so‘m va shu narx atrofida sotilayotganligi shohidi bo‘ldik. Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning internet saytlarida e’lon qilingan “Vodiy viloyatlarida gaz narxining oshganiga keladigan bo‘lsak, u yurtimizda 1-noyabrdan 11 so‘mga oshib, 1900 so‘m deb belgilangan edi. Biroq, ayni kunlarda uning bahosi 2200 so‘m ekani haqida xabarlar kelmoqda. Vaholanki, ularga solingan soliq atigi 55 so‘mga oshgan. Bu tadbirkorlarga mahsulot bahosini 300 so‘mga oshirishga yo‘l ochishi kerak emas. Hammamiz bitta mamlakat, yurt farzandimiz. Qayerda soliq hisobiga narx-navo oshgan bo‘lsa, aytinglar. Biz uning oldini olamiz. Axir, har sohada ochiqlik, shaffoflik ta’minlanmoqda”, degan fikrlari hamda o‘nlab shoxobchalarda kuzatib, guvohi bo‘lgan holatlarimiz bizda turli savollarni tug‘dirdi. Nima uchun biz tashrif buyurgan “zapravka”lardagi narxlar turlicha? Ularni qaysi davlat tashkilotlari qat’iy nazoratga oladi? Narxlarning oshishi qonuniymi yoki tadbirkorlar ihtiyori bilan yuqorilayaptimi? Agar bu holat qonuniy tarzda bo‘layotgan bo‘lsa, nima uchun barchasida narxlar bir xil emas?  Qachongacha oddiy xalq gaz narxini ro‘kach qilayotgan kirakashlar bilan yo‘l kira haqi borasida gap talashib, urush-janjal ko‘taradi? Yo‘lovchilar qachon yo‘l haqidan mamnun bo‘lib, o‘z manzillariga xursand bo‘lib borib kelishadi? Xalqni rozi qilish, ular kayfiyatini ko‘tarish to‘g‘risida qaysi tashkilot mas’ullari bosh qotiradi?

    Shu va boshqa bir qator savollarga mutasaddi idoralar vakillaridan aniq izoh berishlarini kutib qolamiz.

    Biz esa mavzuga yana qaytamiz...

    02.01.2019, 23:10   Izoh (0)   51071
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

    02.01.2019, 22:33

    Korzinka.uz rahbari Zafar Hoshimovning mish-mish tarqatgan chek hamda 20 foiz QQS haqidagi fikrlari

    02.01.2019, 21:59

    O‘zbekistonda qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilasidan xabar olinmoqda

    02.01.2019, 20:39

    Chirchiqda uka ichkilikbozlikdan keyin akasini pichoqladi

    02.01.2019, 20:23

    O‘zbekiston Moliya vaziri narx-navo, metan gaz, chalg‘ituvchi cheklar, soliq hamda inflyatsiya haqida

    02.01.2019, 20:13

    Buxoroda mahoratli oshpaz va shirinlik ishlab chiqaruvchilar ko‘rigi bo‘lib o‘tdi

    02.01.2019, 20:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.