Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan Qo‘qon shahar prokuraturasining qizlar uchun Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejining bir nechta xodimiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomalari ko‘rib chiqildi va qanotlantirildi. Kollejdagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida avvalroq xabar berilgandi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

“Gazeta.uz”ga ma’lum qilinishicha, kollej direktori Ra’no Yuldasheva (1960-yilda tug‘ilgan) va omborchisi Odil Shermatov (1955-yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jamoat ishlari bo‘yicha tartib saqlovchi Gapporjon Sultonov (1972-yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi (jinsiy etiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Maxsus kollejning o‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Otabek Ro‘zimatov Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy etiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi