O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan joriy yilning 22—23-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “O‘zbekiston sovg‘alari” birinchi respublika ko‘rgazma-savdosi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unda o‘zbekistonlik hunarmandlarning qo‘l mehnati asosida yaratilgan eng noyob asarlarini tomosha qilish va sotib olish bilan birga istalgan hunarmandchilik buyumlarini yasashda bevosita ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Izoh (0)