Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi L.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxslar uning nomiga “Ipoteka” bankida ochilgan plastik kartochkasi hisobidan elektron to‘lov tizimi orqali 20 million so‘mdan ziyod pulini yechib olganligini ma’lum qildi. Bu haqda IIV va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Asaka shahrida yashovchi B.I., uning akasi G‘.I. va Asaka tumanida yashovchi D.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.