NASA Marsning birinchi mustamlakachilari uchun turar-joy ishlab chiqish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini aniqladi. Bu haqda kosmik agentlik saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Agentlik jyurisi finalga chiqqan beshta jamoani tanladi, ular 100 ming dollarlik yutuq fondini o‘zaro bo‘lishdi. Tanlovda dunyo bo‘yicha jami 18 ta jamoa ishtirok etdi.
Tanlovda birinchi o‘rinni Arkanzas shtati (AQSh) jamoasi egalladi. Jamoa a’zolari 21 ming dollarlik pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Xuddi shunday yutuqni ikkinchi o‘rinni egallagan Nyu-York jamoasi qo‘lga kiritdi.
Turar-joy qurish uchun materiallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Marsda yig‘ish rejalashtirilayotganligi ta’kidlanadi. Turar-joy modulining o‘zini 3D-printerlar yordamida chop etish mumkin.
Ixtirochilar ta’kidlashicha, bunday texnologiya yashovchilar sonini oshirishi bilan bino maydonini oshirish imkonini beradi.
Izoh (0)