Toshkent viloyatining O’rtachirchiq tumanida 12-iyul kuni pnevmatik to’pponchadan 2 kishini jarohatlagan shaxs qidirilmoqda, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Foto: Google Images

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, “Dashnobod” QFY, Bayrapush ko’chasi raqamsiz uyda yashovchi, “Toshkent dengizi” dam olish maskanida xizmat ko’rsatuvchi “Hayrixon omad-savdo” MChJ ishchisi, 1992-yilda tug’ilgan Akobir Ro’zimboyev dam olish maskan hududida joylashgan avtoturargohda, bezorilik oqibatida yonida bo’lgan pnevmatik to’pponchadan shu avtoturargohda yollanib ishlayotgan M.Z. va F.I.larga o’q otib jarohat yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. Natijada jarohat olgan ikki nafar ishchilarga tibbiy yordam ko’rsatilgan. Akobir Ro’zimboyevni ushlash choralari ko’rilgan.

Fuqarolardan ushbu shaxsni qayerdaligi yoki u haqida biron ma’lumotga ega bo’lganlar ichki ishlar organlarining hududiy bo’limlariga yoki “102” telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilib, xabar berishlari so’ralgan.