Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘oniston sharqida joylashgan Nangarhar viloyatidagi yo‘lga o‘rnatilgan minaning portlashi oqibatida uch nafar bolakay halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat gubernatorining matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Twitter / @Pajhwok

Foto: Twitter / @Pajhwok

Ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisa 3-iyun kuni Dix Balo qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan.

Hukumat rasmiylari mazkur portlashda IShID terrorchilik tashkilotini ayblamoqda. Halok bo‘lgan bolalar 12—13 yoshda bo‘lganligi aytilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar