Korporativ bank kartalaridan davlat bojlari va yig‘imlarini to‘lash imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga tegishli o‘zgartirishlar Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi (Ro‘yxat raqami 1470-2, 2018-yil 3-aprel).
O‘zgartirishlarga ko‘ra, endi yuridik shaxslar milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda nafaqat o‘zlarining faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, balki davlat bojlari va yig‘imlarni to‘lashni ham amalga oshirishlari mumkin.