Britaniyalik xonanda Adel uyushtirgan xalqaro turi davomida 197 million dollar ishlab oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Aytilishicha, 2016–2017-yillarda xonanda bir shou uchun million dollardan ortiq gonorar olgan.

Qo‘shiqchining gastrollari uning “25” nomli yangi albomini qo‘llab-quvvatlash uchun uyushtirildi.

Ko‘rsatilgan summaning 42 million funt sterlingi bevosita Adelning o‘ziga tegdi. Qolgan pullar uning Remedy Touring nomli kompaniyasiga o‘tkazildi.