Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zA 10-yanvar — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Oybek tavallud topgan kun munosabati bilan adib hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston FA akademigi Oybek (Muso Toshmuhammad o‘g‘li) 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Oybek Toshkent universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925–27-yillar), Leningrad xalq xo‘jaligi institutida (1927–29-yillar) o‘qigan va og‘ir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent universitetida o‘qishni tugatgan (1930-yil).

Adib “Tuyg‘ular” (1926), “Ko‘ngil naylari” (1929), “Mash’al” (1932) she’riy to‘plamlari, “Dilbar – davr qizi” (1932), “O‘ch” (1933), “Baxtigul va Sog‘indiq” (1934), “Qahramon qiz” (1936), “Gulnoz”, “Kamonchi”, “Navoiy” (1937) singari dostonlar yozgan. Nasriy merosi 5 roman (“Qutlug‘ qon”(1940), “Navoiy”(1942), “Quyosh qoraymas”(1943 –59), “Ulug‘ yo‘l”(1967), “Oltin vodiydan shabadalar”(1949), 4 qissa (“Shonli yo‘l”, “Nur qidirib”, “Bolalik xotiralarim”, “Bola Alisher”) hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat.

A.S.Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani, M.Yu.Lermontovning “Maskarad”, Molerning “Tartyuf” dramalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Oybek 1968-yil 1-iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan (2001 yil).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)
Dunyo
Xitoy sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi
Dunyo
Yevrokomissiya: Urushda 100 ming ukrainalik askar va 20 ming tinch aholi halok bo‘ldi (video)