Kevin Visbit ismli talaba dunyodagi ba’zi narsalar aslida qanchalik katta ekanligini tushunib yetishga yordam beradigan kollajlarni yaratdi, deb yozadi AdMe.
Raketa dvigateli va Smart avtomobili
Dunyodagi eng katta dvigatel bo‘lgan M-1 50-yillarda NASA kosmik dasturi uchun yaratilgan, uning diametri 4 metrdan oshiq.Pulmonoskorpion va mushuklar
Kislorodning yuqori miqdori tufayli, qadimiy qo‘ng‘izlar hozirgilaridan kattaroq bo‘lgan. Pulmonoskorpionlarning uzunligi 60 santimetrgacha yetgan.Neft tankeri va Markaziy xiyobon (Nyu-York)
Seawise Giant neft tankerining uzunligi — 458 metr.Dionis asteroidi va Oltin Darvozalar ko‘prigi (San-Fransisko)
Apollon asteroidlar mintaqasining bir qismi bo‘lgan Dionisning kengligi — 1,5 metr.“Titanik” va zamonaviy aviatashuvchi
“Titanik”ning uzunligi 269 m bo‘lgan, “Ronald Reygan” aviatashuvchiniki esa — 333 m.Radioteleskop va Las-Vegas
Xitoyda joylashgan dunyodagi eng katta radioteleskopning diametri qariyb 500 metrni tashkil qiladi.“Mir” koni va Uillis-tauer
“Mir” konining chuqurligi — qariyb 525 metr. AQShdagi ikkinchi eng baland bino esa 527 metrga bo‘y cho‘zgan.B-2 bombardimonchisi va stadion
Dunyodagi eng katta va qimmatbaholaridan biri bo‘lgan B-2 bombardimonchisi qanotlari qulochi 54 metrga yetadi.Burj-Xalifa va Empayr-steyt-bilding
Dunyodagi eng baland inshoot — Burj-Xalifa 828 metr bo‘lib, u Empayr-steyt-bildingdan naq 447 metrga balandroq.“O‘lim yulduzi” va Yer
Agar “O‘lim yulduzi” haqiqatan mavjud bo‘lganida, u Florida ustidan uchib o‘tayotib, taxminan shunday ko‘rinishga ega bo‘lardi.
Izoh (0)