Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Samarqandskiy vestnik” gazetasi Samarqand viloyati xalq deputatlari Kengashining dabdabali to‘y marosimlarini bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar keltirilgan qarorini chop etdi, deb xabar berdi “1news.uz”.

Deputatlar mas’ul xodimlarga to‘ylarda ijro etilayotgan qo‘shiqlar mazmunini diqqat bilan o‘rganishni, shuningdek, poytaxtdan keladigan xonandalarning repertuarlari va litsenziyasi ustidan nazorat o‘rnatilishini taklif qildi. Bundan tashqari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shahar ko‘chalarida yangi turmush qurayotgan juftlik va ularning qarindoshlari sayr qilish hamda suratga tushish vaqtida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlari uchun tegishli choralarni ishlab chiqishi kerak.

Shuningdek, hujjat to‘y, oilaviy bayramlar, diniy marosimlar o‘tkazish bo‘yicha Jamoatchilik kengashini tuzishni ham ma’qulladi. Uning vazifasi to‘y, oilaviy bayramlar va diniy marosimlar o‘tishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi ko‘p yillik tajribaga ega faollar, mehnat faxriylaridan iborat jamoatchilik komissiyasini tashkillashtirishdan iborat.

Imom-xatiblarga to‘y va diniy marosimlar vaqtida ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyatiga ham alohida e’tibor berib nutq so‘zlash tavsiya etildi.

O‘z navbatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat boshqarmasi dabdabali to‘y va boshqa tadbirlarni o‘tkazish o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatilishini tashkillashtirishi zarur.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi