Yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida 2017-yilning 5-sentabridan boshlab, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi hududidan bajariluvchi barcha yo‘nalishdagi qatnovlarga aviachiptalarni milliy valyutada sotishni boshladi. Bu haqda MAK rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: UzReport

O‘zbekiston Respublikasi hududida aviachiptalar barcha toifadagi yo‘lovchilar (O‘zbekiston Respublikasi rezident va norezidentlari)ga milliy valyutada sotiladi. 

To‘liq ma’lumotni MAK qatnovlariga aviabiletlarni sotuvchi rasmiy ofislardan yoki aviakompaniyaning call-center markazining 140-02-00 telefon raqami orqali olish mumkin. Aviachiptalarni, shuningdek, aviakompaniyaning www.uzairways.com rasmiy saytida bron qilish va sotib olish mumkin.