Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Itoni qabul qildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Muloqot davomida Nurdinjon Ismailov Yaponiya elchisiga Qonunchilik palatasi faoliyati, deputatlar korpusining joylardagi vaziyatni o‘rganish, saylovchilar bilan muloqotni mustahkamlashdagi yangicha yondoshuvlari haqida hikoya qildi.

Nobuaki Ito yaponlar o‘rtasida O‘zbekiston bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish tarafdorlari ko‘pligi, mamlakat siyosiy doiralari Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlarini yuqori baholayotganini ta’kidladi.

Tomonlar parlamentlararo aloqalarning mavjud holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, “O‘zbekiston — Yaponiya” 2-parlamentlararo forumiga tayyorgarlik va uni o‘tkazish masalalalarini muhokama qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi