Tojikiston maorif vazirligi maktablarda qizlarga ro‘mol o‘rash, yigitlarga esa soqol qo‘yish taqiqlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aniqlashtirilishicha, yuqoridagi taqiqlardan tashqari, vazirlik maktab o‘quvchilariga tatuirovkalarni, shuningdek, reklama yozuvlari hamda boshqa davlatlar simvolikasi aks etgan futbolkalarda yurishni man etgan. Endilikda mashg‘ulotlarga sport kiyimida kelish mumkin emas. Jismoniy tarbiya darslari bundan mustasno.
Vazirlik vakillari maktab formasini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olishni tavsiya qildi, ammo bu majburiy talab emas.
Izoh (0)