Rossiyaning Vladivostok shahrida O‘zbekiston bosh konsulligi ochiladi. Bu haqda, Rossiya Federatsiyasining tegishli farmoyishiga tayanib, Uz24 xabar bermoqda.
Konsullik okrugi o‘z ichiga Primorye, Kamchatka va Xabarovsk o‘lkalarini, Saxa Respublikasini (Yoqutiston), Amur, Magadan va Saxalin viloyatlarini, Yahudiy muxtor viloyatini va Chukotka muxtor okrugini qamrab oladi.
19-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda bosh konsullik ochilishi bo‘yicha qarorni imzolagan edi. Bundan tashqari, Qozonda, Rostov-Donda, Yekaterinburgda bosh konsulliklar ochilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)