• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Saraton — so‘nggi hukm emas! ACIBADEM klinikalarida onkologiyani davolashning yangi usullari

    Saraton zamonamizning eng xavfli kasalliklari sirasiga kiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistikasiga ko‘ra, onkologiya kasallik va o‘lim chastotasi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. U har yili millionlab kishilarni hayotdan olib ketadi. Biroq shifkorlar bu dahshatli kasallikni yengish uchun imkon qadar harakat qilmoqda. Bunda ularga eng yangi texnologiyalar va davolash usullari yordam bermoqda.

    acibadem

    Qachon radioterapiya qo‘llanadi?

    Yuqori aniqlikdagi nurlantirish orqali saraton hujayralarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan radioterapiya ko‘p yillardan beri tabobatda qo‘llanib kelinadi. Bugungi kunda u bemor uchun yanada samarali va bezarar hisoblangan yangi texnologiyalar vositasida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, to‘qimalar va xavf zonasidagi organlar sog‘ligiga salbiy ta’sirni kamaytiradi.

    “Radioterapiya jarrohlik aralashuvi va kimyo terapiyasi bilan birgalikda o‘tkazilish yo o‘tkazilmasligidan qat’i nazar, u saratonni davolashda muhim rol o‘ynaydi. Saraton tashxisi qo‘yilgan bemorlarning kamida yarmini shu yo‘l bilan davolash mumkin. Bizning klinikalarimizda radioterapiyaning Trilogy, TrueBeamSTx va HDR Brachytherapy kabi yetakchi uskunalari qo‘llanadi”, — deydi Acıbadem Adana klinikasining radiatsion onkologi professor Meltem Serin.

    Masalan, TrueBeamSTx yangi avlod qurilmasi ayniqsa bosh miya o‘simtalari hamda xavf zonasidagi boshqa kichik hajmli o‘simtalarni muvaffaqiyatli davolaydi. Uning yuqori kuchi va tezkor ta’siri tufayli radioterapiya jarayoni sezilarli ravishda qisqaradi. Uskunaning yuqori darajadagi aniqligi nurlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikast yetgan sohaga yo‘naltirish imkonini beradi. U real vaqt rejimida tana holati va organlarni kuzatadi — harakat yuzaga kelgan taqdirda, ayniqsa nafas olish chog‘ida aniq o‘simtaga yo‘naltiradi. U o‘pka, jigar va ko‘krak qafasi sohasidagi yangi o‘simtalarni davolashda juda muhim.

    Acibadem Kayseri klinikasining radiatsion onkologi Qodir Ucharning ta’kidlashicha, texnologiyalar rivoji tufayli radiologiya sohasidagi diagnostika va davolash tizimlari sezilarli ravishda ildamladi, shuningdek Rapid Arc nomli uskuna onkologiyani davolashda katta muvaffaqiyatlarga erishishga yordam berib, bemorlar qulayligini oshirmoqda. Ushbu chiziqli tezlatgich (LINAC) rentgen nurlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘simtaga yo‘naltiradi. Davolash odatda 5—10 daqiqa davom etadi, ta’kidlash joizki, avvalgi texnologiyalarda bu jarayon uchun 15—30 daqiqa sarflanar edi.

    acibadem1

    Radioterapiya odatda davolashning boshqa usullari bilan birgalikda olib borilsa-da, bugungi kunda onkologiyaning tomoq saratoni va prostata saratoni ba’zi turlarini davolashda uning o‘zini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Acibadem Bursa klinikasi radiatsion onkologi doktor Asli Saran shunday deydi: “Bemor uchun eng maqbul davolash modeli va davolash tartibi hamda muddatlari to‘g‘risidagi qaror radiatsion onkologiya, tibbiy onkologiya va boshqa soha mutaxassislari ishtirokida konsilium o‘tkazish yo‘li orqali qabul qilinishi kerak”.

    O‘simtalarni operatsiyasiz yo‘q qilish

    Saratonni butun organizm bo‘ylab millimetr aniqlikkacha davolash uchun maxsus ishlab chiqilgan Cyber Knife robotlashtirilgan radiojarrohlik tizimi bosh miya va tananing boshqa qismlaridagi o‘simtalarni yuqori aniqlikda nurlantirish yo‘li bilan olib tashlash imkonini beradi. Bu sog‘lom to‘qimalarning radiatsiyadan maksimal darajada himoyalanishini ta’minlaydi. Acıbadem Maslak klinikasi radiatsion onkologi professor Enis O‘zyarning ta’kidlashicha, mazkur qurilma bemor atrofida xuddi raqs tushayotgandek aylanib, yuzlab burchaklardan nurlarni yo‘naltiradi. acibadem2“O‘simta va jarohatlarning joylashuvi hamda hajmi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday holatda uskunani qo‘llash mumkin. CyberKnife’ni bosh miyadagi xavfli va xavfsiz o‘simtalar, metastazlar, arteriovenoz malformatsiyalar, ayrim funksional kasalliklarda, o‘pka saratoni, oshqozonosti saratoni hamda boshqa usullarda davolab bo‘lmaydigan cheklangan miqdordagi muayyan metastazlar, davolash samara bermagan o‘pka va jigar o‘simtalarida qo‘llagan ma’qul”, —  deydi shifokor.

    Saratonni davolashda yangi so‘z — immunoterapiya

    Bugungi kunda onkologiyani davolashdagi yana bir katta yutuq — immunoterapiya. U immun tizimi faoliyatini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan, ya’ni immunitet xavfli o‘simtalarni o‘zi aniqlab, ular bilan mustaqil kurash olib boradi. Immunoterapiya ayniqsa teri saratoni - xavfli melanomani davolashda katta muvaffaqiyatga erishdi. U katta o‘simtalarni qisqa muddatlarda nisbatan kichraytirishga, ba’zi holatlarda esa ularni to‘liq yo‘q qilishga yordam beradi. Bugungi kunda ko‘krak bezi, prostata, oshqozonosti saratoni va okologik kasalliklarning boshqa turlariga qarshi kurashishda immunoterapiyani qo‘llash uchun intensiv izlanishlar olib borilmoqda. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, davolashning bu noyob usuli kelgusida saratonni davolashda katta rol o‘ynaydi.

    Saratonga maqsadli ta’sir

    So‘nggi 5 yilda onkologiyani davolashdagi yana bir yutuq target terapiya (maqsadli davolash) bo‘ldi. Agar avvallari onkologiyada saratonni davolashda birgina yondashuv qo‘llangan bo‘lsa, keyinroq shifokorlar u turlicha yondashuvlarni talab qiluvchi ko‘plab modifikatsiyaga ega ekanini aniqlashdi. Bu kashfiyot tufayli har bir bemorni davolashda individual kurs ishlab chiqila boshlandi - bunday kurslar saratonning muayyan turiga qarshi maqsadli ta’sir ko‘rsatadigan alohida preparatlar bilan davolashga asoslangan bo‘lib, ular zararli hujayralar o‘suvchi markazlarni bloklaydi va ularning tez muddatda yo‘qolishini ta’minlaydi.

    So‘nggi yillarda onkologiyani davolashda qo‘lana boshlangan target preparatlar organizm to‘qimalariga ziyon yetkazmay, saraton hujayralariga aniq ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan keyin bemorlarning sochi kimyoterapiya ta’siridek to‘kilmaydi va salbiy ta’siri juda kam - ular yo sezilmaydi, yo sezilganda ham, oson kechadi.

    Target terapiya onkologiyaning o‘pka saratoni, ko‘krak bezi saratoni, yo‘g‘on ichak saratoni va teri saratoni kabi keng tarqalgan turlarini davolashda qo‘llaniladi. Bugungi kunda shifokorlar davolashning yangi usuli xavfli o‘simtalarning boshqa turlariga qarshi qo‘llanishi ustida faol ish olib borishmoqda, zero bu muvaffaqiyatli davolashning 40—50 foizini tashkil qiladi, shuningdek onkologik kasalliklarga duchor bo‘lgan kishilarning turmush sifati va hayot davomiyligini oshiradi.

    acibadem3Biroq Atakent Acibadem klinikasi tibbiy onkologi professor Ali Arijanning so‘zlariga ko‘ra, davolash usullari shifokorlar tomonidan individual ravishda, o‘simta turi va bosqichi, shu bilan birga bemorning ahvolidan kelib chiqib tanlanadi. Davolash usullari va muolaja turlarini tanlashda ularning qo‘llanish tartibi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Onkologlar barcha bosqichlarni — tashxis qo‘yishdan tortib to davolash bosqichlarini belgilashgacha — izchil o‘rganib chiqadi.

    Acibadem’ning xorijiy bemorlar bilan ishlovchi Xalqaro Markazi Sizga va Sizning oilangizga klinikada davolanish vaqtida hamda uni tark etgandan keyin ham yordam berishga yo‘naltirilgan. Bizning maqsadimiz — siz uchun qulay va xotirjam muhit yaratish. Bizning xodimlarimiz mamnuniyat bilan siz va oilangizda yuzaga kelgan barcha savollarni ona tilingizda hal qilishda ko‘mak berishadi.

    Acibadem xalqaro markazining bepul xizmatlari quyidagilardan iborat:

    • Shifokorlarning onlayn-maslahatlari va tibbiy xizmatlar narxini hisoblash;• Shifokor bilan maslahatlashuvni rejalashtirish;• Shifoxonaga joylashtirishda yordam ko‘rsatish;• Tarjimon xizmatlari;• Aeroportdan va davolash davrida transfer qilish;• Mehmonxonaga joylashtirishni tashkillashtirishda yordam ko‘rsatish;• Sug‘urta kompaniyasiga bog‘liq masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatish;• Shifokorning davomli nazorati.

    O‘zbekistondagi vakolatxona manzili:  Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li dahasi, 19-uy Telefon: (+99895) 144 54 45 Klinika sayti: www.acibadem.com.ru

    Reklama huquqi asosida

    30.05.2017, 10:38   Izoh (0)   25318
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga avtomobil yo‘llarida mobil aloqa sifatining yomonlashuviga doir shikoyatlar kelib tushis...

    30.05.2017, 10:35

    Shavkat Mirziyoyev bir qator xorijiy davlatlar bilan imzolangan hujjatlar ijrosi sust bajarilayotgani uchun tegishli mutasaddilarni qattiq tanqid qildi

    30.05.2017, 09:43

    O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika rivojlantiriladi

    30.05.2017, 09:35

    Toshkent fransuz alyansi (TFA) umumiy fransuz tili darslariga qabul 1-iyundan boshlanadi

    30.05.2017, 09:00

    Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga hamdardlik bildirdi

    29.05.2017, 20:39

    Xorijiy investorlarni O‘zbekistondan qaytarayotgan muammolar, narxi o‘sishi kutilayotgan GM Uzbekistan avtomobillari, izohsiz qolayotgan ajratuvchi to‘siqlar demon...

    29.05.2017, 20:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.