• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev bir qator xorijiy davlatlar bilan imzolangan hujjatlar ijrosi sust bajarilayotgani uchun tegishli mutasaddilarni qattiq tanqid qildi

    29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy mamlakatlariga tashriflari davomida hamda Turkiya rahbari bilan o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha imzolangan bitimlar, shartnomalar va muayyan sohalarda o‘zaro sheriklikni rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish jarayonining holatini tahlil qilish va baholashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Yig‘ilishda Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqardi.

    Davlat rahbari O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasining Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya va Xitoyga joriy yildagi tashriflari 2016-yilgi Prezident saylovidan keyingi ilk xorijiy safarlar bo‘lib, ularning natijalari strategik sheriklar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

    Qayd etish kerak, har bir tashrif yakunida bitim va shartnomalar qatorida qiymati bir necha milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan ko‘plab loyihalar imzolandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur davlatlar rahbarlari bilan muzokaralar chog‘ida har bir loyihani alohida muhokama qilib, to‘la amalga oshirishga oid masalalar, jumladan, moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Loyihalarning “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, ularning bosqichlari, ijro mexanizmlari va mas’ul shaxslar belgilab olindi.

    Davlat rahbari bu borada muhim kelishuvlarga erishilganiga qaramay, ayrim rahbar xodimlar imzolangan hujjatlar ijrosini ta’minlashga eskicha yondashayotgani, iqtisodiy hayotimizda ustuvor ahamiyat kasb etadigan, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholining turmush farovonligini oshirish imkonini beradigan bu masalaga yetarlicha mas’uliyat bilan qaramayotganini chuqur tahlil asosida, aniq misollar orqali ko‘rsatib berdi.

    Barcha zarur hujjatlar qabul qilingani, yangi tuzilmalar tashkil etilgani, eksportchi va sarmoyadorlar uchun har tomonlama qulaylik va imtiyozlar berilgani, bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizdagi xalqaro iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik subyektlarining samarali ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganiga qaramasdan, hozircha aniq natijalar ko‘zga tashlanmayapti, ijro muddatlari ortga surilmoqda.

    Buning sabablaridan biri ishonchli xorijiy sherik va moliya manbalari mavjud bo‘lmagan holda samarasiz loyihalar tayyorlash, amalda foyda bermaydigan hujjatlar imzolash holatlari bilan bog‘liqdir. Bunday loyihalarning monitoringini yuritish bo‘yicha tizimli ish olib borilmayapti. Iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etish borasidagi ahvol qoniqarli emas.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev bu masalada kamchilik va qoloqlikka yo‘l qo‘yayotgan har bir vazirlik va idora faoliyatiga tanqidiy nuqtai nazardan baho berdi.

    Xususan, Turkmanistonga tashrif asnosida qishloq xo‘jaligi texnikasi, mineral o‘g‘itlar, avtomobillar, qurilish materiallari, maishiy texnika va boshqa mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 151 million AQSh dollariga teng hujjatlar imzolangan edi. O‘tgan uch oy davomida eksport hajmi 12 million dollarni tashkil etdi. Bu umumiy kelishilgan miqdorning 8 foizi, xolos.

    Qozog‘iston, Rossiya va Xitoyga tashriflar hamda Turkiya rahbari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ham bir necha milliard dollarlik yirik kelishuvlarga erishildi. Lekin ularning ijrosiga oid natijalar kutilganidek emas.

    Davlat rahbari yig‘ilishda hisobot bergan mutasaddi rahbarlar o‘z mas’uliyatini keskin oshirishi zarurligini, bajarilmayotgan va kechikayotgan loyiha va shartnomalar uchun ular shaxsan javobgar ekanini alohida ta’kidladi. Har bir loyihaning bajarilishi bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlarni aniq-ravshan belgilash, moliyalashtirish va ijro jarayonlari bo‘yicha zamonaviy va tizimli asosda monitoring olib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Sheriklik to‘g‘risidagi hujjatning imzolanishi avvalo uning ijrosi bilan muhimdir. Davlat rahbari faqat qog‘ozda aks etadigan, amalda hech qanday foyda bermaydigan loyihalar tuzishdek eskicha amaliyotdan butunlay voz kechish, bunday odat va kayfiyat bilan ishlashga mutlaqo chek qo‘yish lozimligiga alohida urg‘u berdi.

    Erishilgan barcha kelishuvlarning moliyaviy manbalari, ijro mexanizmlari, logistikasi, mas’ul idoralar va shaxslar hamda boshqa masalalar to‘liq hal qilingan bo‘lishi, ish puxta va qat’iy amalga oshirilishi kerak.

    Prezident tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga chet davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida maqsadli investitsion strategiya hamda qabul qilingan kelishuvlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Nizom ishlab chiqish vazifasini topshirdi.

    Ushbu tizimni takomillashtirish maqsadida mas’ul ijrochilarning har haftada bir marta Vazirlar Mahkamasida va har oyda bir marta Prezident huzurida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan joriy va ishlab chiqilishi ko‘zda tutilayotgan yangi investitsion loyihalar yuzasidan hisobot berish tartibi o‘rnatiladi.

    Loyihalarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi, mutasaddilarning ijro intizomi, mas’ul shaxslarning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishini nazorat qilish Hisob palatasi va Bosh prokuratura zimmasiga yuklandi.

    Yig‘ilishda dabdabali raqamlar va balandparvoz hisobotlar ortidan quvish emas, yangicha samarali usul va mexanizmlarni tatbiq etish, ahvolni qisqa muddatda sinchiklab o‘rganib chiqish va zarur chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

    30.05.2017, 09:43   Izoh (0)   36678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika rivojlantiriladi

    30.05.2017, 09:35

    Toshkent fransuz alyansi (TFA) umumiy fransuz tili darslariga qabul 1-iyundan boshlanadi

    30.05.2017, 09:00

    Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga hamdardlik bildirdi

    29.05.2017, 20:39

    Xorijiy investorlarni O‘zbekistondan qaytarayotgan muammolar, narxi o‘sishi kutilayotgan GM Uzbekistan avtomobillari, izohsiz qolayotgan ajratuvchi to‘siqlar demon...

    29.05.2017, 20:05

    Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Hudak O‘zbekistonga keldi

    29.05.2017, 19:36

    TIV, IIV va Sog‘liqni saqlash vazirligi yiliga ikki marta parlamentda axborot beradi

    29.05.2017, 19:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Balenciaga g‘ijimlangan paket ko‘rinishidagi 995 dollarlik yangi sumkani taqdim etdi (foto)

    Layfstayl | 14 avgust, 21:55

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 21:45

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02

    Buni eshitish og‘riqli: baxtsiz bolalar aytadigan 7 ibora

    Maslahatlar | 14 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.