Ramzan Qodirov futbol o‘ynab, oyog‘ini shikastlab oldi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Instagram’ida “Terek” tezkor reaksiya ko‘rsatish maxsus otryadi jamoasi bilan futbol o‘ynayotgan vaqtida oyog‘ini shikastlab olganini ma’lum qildi.
“Bu safar ular butunlay yangicha taktikani qo‘lladi — kutilmaganda tashlanib qoldi va urib yiqitdi! Turib qarasam, Andrey Mironov aytganidek (“Brilliant qo‘l” filmida), gipsdaman”, — deb yozdi u.
Qodirov o‘yinda yettita gol urilgani, shularning ikkitasi uning jamoasi darvozasiga tekkanini qo‘shib qo‘ydi.
https://www.instagram.com/p/BTpRI4sBOeS/
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar