YouGov xizmati tomonidan tashkil etilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi bo‘lganlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Ayni damda Britaniyaning 44 foiz aholisi Ittifoqdan chiqishga o‘z qarshiligini bildirmoqda. Brexit’ni qo‘llab-quvvatlaganlar miqdori esa sezilarli darajada kamayib, hozirda ular ham aholining 44 foiziga teng bo‘lib turibdi. Qolgan 12 foiz respondent esa bu masalada ikkilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Brexit masalasida tashkil etilgan referendum vaqtida aholining 51,9 foizi Yevropa Ittifoqidan chiqish rejasi tarafdorlari ekanligini, 48,1 foiz esa qarshi ekanligini aytgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)