Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Olland saylovda ikkinchi turga o‘tgan nomzodlardan Emmanyuel Makronni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Olland ikkinchi turda sobiq iqtisodiyot vaziri Makronga ovoz berishini bildirdi, negaki, uning fikricha, u Fransiya xalqini birlashtira oluvchi yaxshi nomzoddir.
Shuningdek, u “Milliy jabha” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen ikkinchi turga chiqqani Fransiya uchun katta tahdid ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
“Ultrao‘ng nomzodning ikkinchi turda bo‘lishi Fransiya uchun katta tahdiddir”, — dedi Olland.
Izoh (0)