“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturiga muvofiq 2016/2017-o‘quv yilidagi 450 ming bitiruvchini ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan, deb xabar beradi O‘zA.
Jumladan, 800 dan ortiq ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini bevosita kasb-hunar kollejlarida o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan talabalarga 360 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratish, nogiron va kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan kollej bitiruvchilari uchun 50 mingta ish o‘rnini band qilish rejalashtirilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)