Xitoy iqtisodiyotining o‘sishi 2017-yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslanganda 6,9 foizni tashkil qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Bunga iste’mol talabi, investitsiya va sanoat ishlab chiqarishining oshishi tufayli erishildi.
Bloomberg agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, tahlilchilar o‘rtacha 6,8 foiz o‘sishni kutgan.
Jumladan, asosiy kapitalga investitsiya 9,2 foizga, chakana savdo o‘n foizdan ortiqqa o‘sdi.
XXR Davlat qo‘mitasi vaziri Li Ketsyan avvalroq iqtisodiyot o‘sishi 2017-yilda, taxminan, 6,5 foizni tashkil etishini bashorat qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)