2017-yil 1-aprel kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligiga asoslanib “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Sessiya majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Joldasbay Abdijamilov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Dametken Bekboyeva ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining 2017-yil 18-martdagi 196-B-sonli ‘A.Ya.Yo‘ldoshevni Amudaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida’gi farmoyishi haqida”gi va “Tumanda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi masalalar kiritildi.
Shu munosabat bilan, Alisher Yo‘ldoshevni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining farmoyishi qabul qilingan edi. Sessiyada mazkur farmoyish deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)