Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya prezidenti Fransua Olland Idlibdagi kimyoviy hujum tufayli Suriya hukumatiga qarshi sanksiyalar joriy qilishga chaqirdi. Bu haqida Frans Press agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Fransiyaning talabi tergov ishlarini boshlash uchun BMT Xavfsizlik Kengashi yaqin vaqtlar ichida qaror qabul qilishi, natijada Suriya tuzumiga nisbatan sanksiya joriy qilinishidan iborat”, — deydi Olland.

Suriya muxolifat va inqilob milliy koalitsiya kuchlari (NKORS) 4-aprel, seshanba kuni Idlib viloyatidagi Xan-Sheyxun shahriga kimyoviy qurollar yordamida hujum qilinishi oqibatida 80 kishi halok bo‘lgani hamda 200 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Muxolifatchilar hujum uchun javobgarlikni Suriya hukumat qo‘shinlari zimmasiga yuklagan. Suriya armiyasi qo‘mondonlari o‘z nomlariga yo‘llangan ayblovni butunlay rad etdi va javobgarlikni jangarilar hamda ularning homiylariga yukladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriya armiyasi Idlib viloyatining Xan-Sheyxun aholi punkti atrofidagi terrorchilarning qurol-aslaha omboriga aviazarba bergani haqida xabar qilgan edi. U yerda Iroqqa yetkaziladigan kimyoviy qurol zaxiralari bo‘lgan.

Avvalroq, Suriya prezidenti Bashar Asad Suriya hukumati o‘z xalqiga qarshi ommaviy qirg‘in qurollaridan, jumladan, kimyoviy qurollardan foydalanmaganini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi