Daryo

Fiyonning rafiqasiga soxta ishga joylashish bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qilindi

Penelopa Fiyonga davlat mablag‘larini o‘marishda ishtirok etish va buni yashirish, shuningdek, jamoatchilik mulkini suiiste’mol qilish ayblari e’lon qilindi

1 daqiqa o‘qish6 308 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Fransiya prezidentligi lavozimiga nomzod Fransua Fiyonning rafiqasi Penelopaga soxta ishga joylashish ishi bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qilindi. Bu haqda sud manbasiga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Penelopa Fiyonga davlat mablag‘larini o‘marishda ishtirok etish va buni yashirish, shuningdek, jamoatchilik mulkini suiiste’mol qilish va og‘irlashtiruvchi holatlardagi firibgarlik ayblari e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada sobiq bosh vazir Fransua Fiyonning rafiqasi va farzandlarini ishga joylashtirish bilan bog‘liq mojaro yuzaga keldi. Bunga Canard Enchaine nashrining maqolasi sabab bo‘ldi. Unda Fiyonning rafiqasi Penelopa parlamentariy Fiyonning yordamchisi sifatida sakkiz yil davomida maosh olganligi ta’kidlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.