Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasining Suriyadagi vakillari 20-fevral kuni bir necha urinishlardan so‘ng Al-Vayerga gumanitar yordam yetkazishga erisha olmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Tashkilotning ma’lum qilishicha, bunga yerdagi jangovar harakatlarning kuchayishi sabab bo‘lgan.
“50 ming kishi besh oy davomida yordam olishga muvaffaq bo‘lmadi”, — deya qo‘shimcha qildi qo‘mita.
Avvalroq CNN AQSh mudofaa boshqarmasidagi manbasiga tayanib, Pentagon Amerika armiyasi muntazam bo‘linmasini vaqtinchalik Suriya shimoliga joylashtirish ehtimolini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qilgan edi.
Keyinroq Ostonadagi muzokaralar davomida Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kuzatib borish uchun guruh tashkil etilishi haqida qaror qabul qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Unga Rossiya, Turkiya va Eron kiradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)