Daryo

O‘zbekistonda 10 ming so‘mlik kupyura muomalaga chiqariladi

O‘n ming so‘mlik banknot muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarni “Daryo” nashrining ishonchli manbalari ham tasdiqladi

1 daqiqa o‘qish586 792 ko‘rishlar0 izoh0
Markaziy bank. Foto: UzReport

Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhiga Oliy Majlis Senati Kengashining Markaziy bank tomonidan o‘n ming so‘mlik banknotlar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarori matni aks etgan surat joylandi. O‘n ming so‘mlik banknot muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarni “Daryo” nashrining ishonchli manbalari ham tasdiqladi.

Markaziy bank. Foto: UzReport

Suratda aks etgan, 20-fevralda qabul qilingan hujjatda Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan o‘n ming so‘mlik banknotning namunasi va dizayni ma’qullangan hamda bankka o‘n ming so‘mlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, banknot tavsifini OAVlarda e’lon qilish yuklangan.

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning mart oyida O‘zbekistonda 10 ming so‘mlik kupyura muomalaga chiqarilishi haqida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda xabarlar tarqalgan, ammo O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati ushbu xabarlarni rad etgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar