• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanali xabar berdi.

    O‘zA yozishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashib, ushbu tizimni takomillashtirish, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

    Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-fevral kuni 5-yanvardagi majlisda belgilangan vazifalar ijrosi, sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Majlisda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy tibbiyot o‘quv yurtlari rektorlari, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari direktorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari, sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

    Davlat rahbari sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, rahbarlar mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi xususida atroflicha to‘xtaldi.

    Prezident ta’kidlaganidek, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, joylarda tibbiyot sohasidagi vaziyatni o‘zgartirish ishlari talab darajasida olib borilmayapti. Buni aholidan Xalq qabulxonalari va Prezidentning Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan ko‘plab ariza va shikoyatlar tasdiqlab turibdi.

    Birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. Shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi.

    Tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha sezilarli ishlar ko‘zga tashlanmayapti. Sog‘liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish ishlariga yetarlicha e’tibor berilmayapti.

    Tibbiy xizmat inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni profilaktika qilishi, sohadagi o‘zgarishlarni odamlar sezishi kerak. Buning uchun shifokorlarning madaniyatini, ma’naviyatini, mas’uliyatini oshirish, ishga va bemorlarga munosabatini o‘zgartirish zarur, dedi davlat rahbari.

    Qishloq vrachlik punktlari joylashuvini qayta ko‘rib chiqish, samarasiz ishlayotgan punktlarni optimallashtirish, ularga sarflanayotgan mablag‘larni talab yuqori bo‘lgan QVPlarni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash, maqsadga muvofiqlarini poliklinikalarga aylantirish, malakali shifokorlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi. Qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlashi, vrach u yerda yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan markazlarning tuman tibbiyot birlashmalari, bu birlashmalarning qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalar bilan hamkorligini mustahkamlash haqida so‘z yuritildi. Tibbiy xizmatning qaysi turlari bepul amalga oshirilishi va qaysilariga pul to‘lanishini aniq belgilash, har bir muassasada ko‘rinarli joyga yozib qo‘yish zarurligi qayd etildi.

    Prezident dori-darmon vositalari noqonuniy ravishda baland narxda sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xalq manfaatlarini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentda “Ishonch telefonlari” tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu telefon raqamlari har bir dorixonaga osib qo‘yiladi, televideniye orqali ko‘rsatiladi.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri A.Ikromov, vazirning birinchi o‘rinbosari A.Hojiboyev, vazir o‘rinbosari E.Bositxonova, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament boshlig‘i Z.Do‘sanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Erniyazov, Toshkent shahri, Andijon, Surxondaryo, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax viloyatlari hamda Bekobod, Oltiariq, Vobkent tumanlari hokimlarining axborotlari tinglandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiy xizmat samaradorligini yanada oshirish, bu borada belgilangan ustuvor yo‘nalish va vazifalarni bekamu-ko‘st bajarish bo‘yicha mutasaddilarga alohida topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Tanqidiy tahlil ruhida o‘tgan yig‘ilish tibbiyot sohasini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko‘tarish ishlari tizimli ravishda olib borilishi va qat’iy nazoratda ekanligini ko‘rsatdi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    07.02.2017, 19:36   Izoh (0)   54962
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda nufuzli Acibadem xalqaro klinikalar tarmog‘i maslahat markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    07.02.2017, 18:45

    Deputatlar Qorapalpog‘istonning Chimboy tumani aholisi bilan bevosita muloqot olib bormoqda

    07.02.2017, 17:32

    Toshkentdagi “Manas” restorani yonib ketdi (foto va video)

    07.02.2017, 11:42

    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Fransiyaning Cluster Montagne uyushmasi vakillari bilan uchrashdi

    07.02.2017, 11:22

    Uzbektelecom International qo‘shma korxonasi bosh direktorining virtual qabulxonasi ish boshladi

    07.02.2017, 11:22

    Novosibirsk viloyatida “O‘zeksport-Sibir” savdo uyi ochiladi

    07.02.2017, 10:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.