Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bollivudning ko‘zga ko‘ringan aktyorlaridan biri Om Puri 6-yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Qalampir.uz”

Foto: “Qalampir.uz”

Xabar berishlaricha, aktyorning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan; uni Mumbaydagi uyidan jonsiz holda topishgan.

Om Purining vafoti munosabati bilan uning ko‘plab hamkasblari, shuningdek, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham chuqur hamdardlik bildirgan.

“Om Purining vafoti haqidagi xabardan hayratdaman. Aziz do‘st, maftunkor hamkasb, benazir iste’dod sohibi edi. Chuqur qayg‘udaman”, - deyiladi aktyor Amitabh Bachchanning ta’ziyanomasida.

“Yaratganning bog‘i juda go‘zal bo‘ladigan bo‘ldi – u har doim yaxshilarni chaqirib oladi. Om Puri bilan Berlinda umumiy brend ostida ishlagandik. Sizni sog‘inib qolaman. Joyingiz jannatdan bo‘lsin!”, - deb yozdi mashhur Shohrux Xon.

Om Puri “Gandi”, “Disko o‘yinchisi”, “Lazzat shahri” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan. O‘zbekistonlik kinotomoshabinlar uni “Qaynota” filmidagi ishtiroki orqali yaxshi biladi.

Aktyor kinoda 1975-yili, “O‘g‘ri, ko‘zdan yo‘qol!” filmidagi roli bilan debyut qilgan. U hind filmlari bilan birgalikda Britaniya seriallarida ham rol ijro etgan.

Om Puri 2004-yili Britaniya kinosanoatiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlangan. 1990-yilda esa Padma Shri mukofotini qo‘lga kiritgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi