AQShlik afsonaviy bokschi — kichik Floyd Meyvezer shu yilning noyabr oyi oxirida Rossiyaning Moskva viloyatidagi Jukovka qishlog‘ida “Boks akademiyasi” nomli boks klubini ochadi. Bu haqda “Boks akademiyasi” hissadori va loyiha tashkilotchilaridan biri Timofey Kurgin “TASS”ga ma’lum qildi.
“2017-yilda kamida yana uchta boks klubini ochishni rejalashtiryapmiz. Uzoq yillik rejalarimizda zallar sonini 20–30 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. Ularning barchasi yirik shaharlar va viloyat markazlarida ochiladi”, – dedi Kurgin.
Loyiha tashkilotchilari – The Money Team (TMT) Russia kichik Floyd Meyvezerning Moskva viloyatidagi birinchi boks klubiga bir necha yuz ming dollar sarflaydi.
Ma’lumot uchun, 2015-yilda faoliyatini yakunlagan sobiq sportchi professional ringda 49 ta jang o‘tkazib, barchasida (26 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan. Shuningdek, kichik Floyd Meyvezer Atlanta–1996 Olimpiadasining bronza medali sohibi sanaladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)