Bag‘doddan 15 kilometr janubroqdagi nazorat-o‘tkazish punktida minalashtirilgan avtomobilning havoga uchirilishi oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, 25 kishi yaralandi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Portlash paytida nazorat punktidan shia harbiy xizmatchilar o‘tib ketayotgan edi. Qurbonlar orasida politsiyachilar, harbiylar va tinch fuqarolar bor.
Ilgariroq Mosul yaqinida harbiy kolonnaga uyushtirilgan hujum oqibatida 70 kishi halok bo‘lgan bildirilgan edi.
Izoh (0)