Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 21-turi “Metallurg” — “Paxtakor” o‘yini bilan start oldi va unda Bekobod klubining qo‘li bilan keldi.
Mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” darvozasini 24-daqiqada Murodjon Toshmatov aniq nishonga oldi. JCh—2018 3-saralash bosqichidagi dastlabki 180 daqiqa davomida gol o‘tkazib yuborgan darvozabon Aleksandr Lobanov 69-daqiqada Islom Qobilovdan yana 1 ta aniq zarba qabul qilib oldi: “Metallurg” — “Paxtakor” 2:0.
Uchrashuvning 64-daqiqasiga kelib hakam Sherzod Qosimov “Paxtakor” darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidovga qizil kartochka ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi.
G‘alabadan keyin Bekobod klubi ochkolari sonini 39 taga yetkazib oldi va liganing to‘rtinchi jamoasi bo‘lib turibdi. “Paxtakor”da esa 20 ta o‘yindan keyin 29 ochko bor. Klub bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishi uchun kamida 6 ochko ishlashi kerak.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 21-tur uchrashuvi 9-sentabr, juma
“Metallurg” — “Paxtakor” 2:0
Gollar: Murodjon Toshmatov, 24 (1:0). Islom Qobilov, 69 (2:0).Chetlatish: Anvar Rashidov, 64 (“Paxtakor” darvozabonlar murabbiyi)“Neftchi” — “Mash’al”“Navbahor” — “Olmaliq”“Qizilqum” — “Qo‘qon—1912”“Lokomotiv” — “Sho‘rtan”“So‘g‘diyona” — “Andijon”“Nasaf” — “Buxoro”
10-sentabr, shanba“Bunyodkor” — “Obod”