Boks bo‘yicha -64 kilogramm vazn toifasida Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylangan Fazliddin G‘oibnazarov 2-sentabr kuni hayotdan ko‘z yumgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini, xotirasini qalbida mangu saqlashini bildirdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
– Prezidentimiz har bir chiqishida, nutqida yoshlarni o‘z farzandidek ko‘rishini aytib, Vatanni sevish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga da’vati qalbimizda yurtga sadoqat, mardlik, shijoat tuyg‘ularini jo‘sh urdirar edi. Ana shu tuyg‘u meni XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, bayrog‘imizni baland ko‘tarishga, madhiyamizni ko‘z yosh bilan tinglashga undagan.
Prezidentimiz kamtarona yutug‘imni yuksak baholab, 2016-yil 24-avgustdagi farmoni bilan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirladi. Afsus, bu mukofotni o‘z qo‘llaridan olish nasib etmadi. Biz Prezidentimiz Islom Karimovning nomini, xotirasini qalbimizda mangu saqlaymiz, – dedi Fazliddin G‘oibnazarov.
Mavzuga oid:
Ruslan Nuriddinov: Yurtboshimizning duosini olish menga armon bo‘lib qoldi
Bektemir Meliqo‘ziyev: Islom Karimovning otalarcha mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz
Hasanboy Do‘stmatov: Oltin medalimni yurtboshimning ko‘ksiga ilib qo‘yish menga armon bo‘lib qoldi (video)
Shahobiddin Zoirov: Islom Karimovning mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz
Izoh (0)