Palmira shahri yaqinida jangarilar Suriya qurolli kuchlariga tegishli Mi-24 vertolyotini urib tushirdi. Bu haqda 9-iyul kuni, “Interfaks” agentligiga asoslanib, “Vedomosti” xabar berdi.
Vertolyot ekipajining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Ilgariroq matbuotda Rossiya havo-kosmik kuchlariga tegishli vertolyot urib tushirilgani xabar qilingan edi. Ammo bu axborot rossiyalik harbiylar tomonidan inkor qilindi.
Izoh (0)