2016-yilgi Yevropa Chempionatini Ukraina terma jamoasi muvaffaqiyatsiz yakunladi. 3-turda Polshadan 0:1 hisobida yengilgan Mixail Fomenko shogirdlari musobaqani golsiz va ochkosiz tark etdi.
Qayd etish kerak, “A” va “B” guruhlarida ishtirok etib, so‘nggi o‘rinni egallab termalar ham eng kamida 1 ochko ishlab olgandi.
Mazkur g‘alabasidan keyin Polsha ochkolari sonini 7 taga yetkazib, “C” guruhini 2-o‘rinda yakunladi. Shimoliy Irlandiya ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan Germaniya to‘plar nisbatiga ko‘ra Polshadan yuqori yuqori pog‘onaga ravo ko‘rildi.
Germaniyaga Shimoliy Irlandiya ustidan g‘alaba ketirgan yagona gol Mario Gomes tomonidan uchrashuvning 30-daqiqasida kiritildi. Polsha safida esa Yakub Blashikovski 54-daqiqada Ukraina darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi. Ma’lumot uchun, Yakub Blashikovsi ketma-ket ikkita Yevropa Chempionatida gol urgan birinchi polshalik futbolchiga aylandi.
“C” guruhi bellashuvlari yakuniga ko‘ra “B” guruhini 3-o‘rinda yakunlagan Slovakiya terma jamoasi ham pley-off ishtirokchisiga aylandi.
Reglamentga ko‘ra 6 ta guruhda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan eng yaxshi 4 ta terma jamoa nimchorak finalga chiqishi kerak. Slovakiyaning bu boradagi natijasi hozirning o‘zidayoq Albaniya va Shimoliy Irlandiyanikidan yaxshi bo‘lib ulgurdi.
[wpse_match id="351461" show_title=1]
[wpse_match id="351462" show_title=1]
Izoh (0)