“Daryo” so‘rovnomasiga ko‘ra Yevro—2016 da chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli eng ko‘p bo‘lgan Germaniya terma jamoasi “C” guruhining 2-turida Polshani mag‘lub eta olmadi — 0:0.
Ioxim Lyov shogirdlari 90 daqiqa davomida Polsha darvozasiga yo‘l topa olmadi va o‘z darvozasidan gol ham o‘tkazib yubormadi.
2-turdan keyin Germaniya va Polsha hisobida 4 tadan ochko bor. Ukrainani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan Shimoliy Irlandiya 3 ochko bilan 3-o‘rinda qayd etilgan. Yevro—2016 davomida 4 ta gol o‘tkazib, bir marta ham gol urmagan Ukraina 0 ochko bilan “C” guruhi autsayderi bo‘lib turibdi.
Qayd etish kerak, Germaniya 1-turda Ukraina ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Polsha Arkadiush Milikning yagona goli evaziga Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etgandi.
“C” guruhida 3-tur bellashuvlari 21-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya Shimoliy Irlandiyaga qarshi, Polsha esa Ukrainaga qarshi maydonga tushadi.
[wpse_match id="351441" show_title=1]
Izoh (0)