Ramzan Qodirov uning otasi Ahmad Qodirov nomidagi jamoatchilik jamg‘armasi Ramazon oyi munosabati bilan Damashqda Suriyaning boshqa tumanlaridan minglab qochoqlar uchun tekin nonushta va kechki taomlar tarqatishini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida yozishicha, xayriya aksiyasi butun Ramazon oyi davom etadi. U Suriya poytaxti aholisi va qochoqlar uchun saharlik va iftorlik tashkil etish qarorini uning onasi Aymani Qodirova qabul qilganligini ma’lum qildi.
Qodirovning so‘zlariga qaraganda, har tong ro‘za tutishdan avval 5 ming kishiga nonushta, 20 ming kishiga esa issiq kechki ovqat tarqatiladi. Taomlar maktablar, shifoxonalar, masjidlar va qochoqlar lagerlarida tarqatiladi. Taomlarni 30 ta avtomobil tashiydi. Nonushta va kechki taomlarni tarqatishda jamg‘arma bilan birga 30 nafar oshpaz va 200 nafar ko‘ngilli yordamchi faoliyat ko‘rsatadi.
Izoh (0)