Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 28 tiyinga oshdi

1 AQSh dollari 2924 so‘m 63 tiyin etib belgilandi

1 daqiqa o‘qish14 546 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: “CBU.uz”

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 31-maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Foto: AFP

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2924 so‘m 63 tiyin etib belgilandi. Bu 24-maydagi kursga nisbatan 5 so‘m 28 tiyinga ko‘p.

31-maydan e’tiboran 1 yevro qiymati 3326 so‘m 48 tiyin (24-maydagi kursga nisbatan 7 so‘m 92 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 444 so‘m 47 tiyin (24-maydagi kursga nisbatan 1 so‘m 54 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 44 so‘m 28 tiyin (24-maydagi kursga nisbatan 30 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Skrinshot: “CBU.uz”

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar