Daryo

Toshkentda 9- va 13-tramvaylar qatnashda davom etmoqda

Ushbu tramvaylar harakati yana ikki kunga uzaytirilgan, biroq bu muddat ham o‘zgarishi mumkin

1 daqiqa o‘qish12 822 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gazeta.uz”

Toshkentda rejalashtirilgan 9- va 13-tramvay yo‘nalishlari yopilishi amalga oshmadi. 20-aprel, chorshanba kuni tramvaylar qatnovni davom ettirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

“Toshkent tramvayi” nashrga ma’lum qilishicha, ushbu tramvaylar harakati yana ikki kunga uzaytirilgan, biroq bu muddat ham o‘zgarishi mumkin.

Nashr ta’kidlashicha, mazkur ikki yo‘nalish yopilishi kutilgan kun — 19-aprelda vagonlar yo‘lovchilar bilan to‘la bo‘lgan. Odamlar tramvayda so‘nggi sayrni amalga oshirish uchun ataylab farzandlari bilan kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20-apreldan boshlab 9-raqamli (“Toshkent” vokzali — “Chilonzor-26” dahasi) va 13-raqamli (“Toshkent” vokzali — “Qo‘yliq markazi”) yo‘nalishdagi tramvaylar harakatlanishdan to‘xtashi xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar