Daryo

20-apreldan 9- va 13-tramvay yo‘nalishlari yopiladi

Tramvay yo‘nalishlarini T9 va T13 raqamiga ega avtobuslar egallaydi, ular aprel boshidanoq qatnashga kirishgan

1 daqiqa o‘qish8 100 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UZ24

20-apreldan boshlab 9-raqamli (“Toshkent” vokzali — “Chilonzor-26” dahasi) va 13-raqamli (“Toshkent” vokzali — “Qo‘yliq markazi”) yo‘nalishdagi tramvaylar harakatlanishdan to‘xtaydi, deya xabar bermoqda UZ24 “Toshshahartransxizmat”ga tayanib.

Foto: UZ24

Tramvay yo‘nalishlarini T9 va T13 raqamiga ega avtobuslar egallaydi, ular aprel boshidanoq qatnashga kirishgan.

Nashr eslatishicha, 12-apreldan boshlab 12- va 26-tramvay yo‘nalishlari yopilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi barcha tramvay yo‘nalishlari yopilishi haqida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov 28-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar