Yaponiyaning Nissan avtokonserni Shimoliy Amerika bozoridan 47 mingdan ortiq Nissan Leaf elektromobillarini tormozda kuzatilishi mumkin bo‘lgan nuqson tufayli chaqirib oldi. Bu haqda Associated Press agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Kompaniya mutasaddilarining aytishicha, gap 2013–2015-yillarda chiqarilgan modellar haqida ketmoqda: AQShda ulardan 46 859, Kanadada 679 dona sotilgan.
Avtomobillar past harorat sharoitida foydalanilganida tormozlar noto‘g‘ri ishlashi mumkin, bu esa avariya ehtimolini oshiradi.
Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchiga hozircha bu nuqson tufayli sodir bo‘lgan birorta YTH ma’lum emas.
Izoh (0)